O‘zbekistonda 27 dekabrdan transport vositalarini olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi, deb yozadi «Gazeta.uz». Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun bir kun muqaddam Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinib, 12 oktyabrda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi.
Jinoyat kodeksining yangilangan 267-moddasiga muvofiq, endilikda transport vositasini olib qochish uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi (bunga qadar — 3−5 yilgacha edi).
Xuddi shu jinoyat a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan, b) zo‘rlik bilan yoki zo‘ravonlik tahdidi qo‘llanilgan holda yoxud g) transport vositasini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘g‘irlash yoki talon-taroj qilish orqali sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ladi. Muqaddam esa avvalgi ikki band uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.
Mazkur harakat a) o‘ta xavfli residivist, b) jinoiy guruh tomonidan yoki v) transport vositasi bosqinchilik hujumi orqali o‘g‘irlash maqsadida sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi (avvalgi ikki band uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish belgilangan edi).
Bundan avvalroq esa O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar soni 65 foizga ortgani ma’lum qilingan edi. JKga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga Bosh prokuratura tomonidan kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi