date

Sergelida 4-sinf qizni sinfdosh o‘g‘il sinfdoshlari kaltakladi

Sergelida 4-sinf qizni sinfdosh o‘g‘il sinfdoshlari kaltakladi

Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 300-maktabda 4-sinfda o‘qiyotgan qiz 5 nafar o‘g‘il sinfdoshi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada maktab koridoridagi hodisa aks etgan bo‘lib, unda bolalardan biri qizning qorniga tepayotgani ham ko‘rinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktab ma’muriyati mazkur holatga nisbatan bolalar yoki o‘qituvchilarga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan. Ilk bor ikki bola maktabdan haydalishi aytilgan bo‘lsa-da, keyin rahbariyat bu qarordan qaytib, ularni yana o‘qishga qabul qilgani xabar qilingan.

Qizaloqning onasi farzandining xavfsizligidan jiddiy xavotirda ekanini bildirgan.

Ayni vaqtda maktab rahbariyati hamda Ta’lim vazirligi tomonidan mazkur voqea yuzasidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida 4-sinf qizni sinfdosh o‘g‘il sinfdoshlari kaltakladi