Bugun, 13 oktyabr kuni soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 10V029 “Jartepa qishlog‘i — Tarnov qishlog‘i” avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi “Nexia 3” rusumli avtomashina harakatlanish jarayonida haydovchi rulni boshqarishni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka tushib ketgan.
Hodisa natijasida haydovchi yengil tan jarohati olgan va tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar