
Moskvada 10 yashar ukasini o‘ldirganlikda gumon qilinib, uning akasi qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabariga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
“Tergov qo‘mitasining tergovchilari va polisiya xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbirda qisqa muddat oralig‘ida 17 yashar yigit o‘z ukasining qotilligida gumonlanib, qo‘lga olindi. So‘roq vaqtida u o‘z aybiga iqror bo‘ldi”, - dedi Yuliya Ivanova.
Eslatib o‘tamiz, 27 dekabr kuni Lomonosov mavzesidagi turar-joy binosi xonadonlaridan birida 10 yashar bolaning jasadi topilgan. Qotilikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, bola bo‘g‘ib o‘ldirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar