Olmazor tumanidagi Majburiy ijro byurosi bo‘limi tomonidan sobiq xodimlar manfaatini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shayxontohur tumanlararo sudining 2025 yil 10 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor tashkilotdan 17 nafar sobiq ishchi foydasiga 1 milliard 200 million 675 ming so‘m miqdoridagi ish haqi undirilishi belgilangan.
Davlat ijrochilari hujjat kelib tushgan zahoti majburiy ijro jarayonlarini boshlab, vakolatli idoralar bilan hamkorlikda qarzdor tashkilotning bankdagi mablag‘larini aniqlashgan. Tekshiruv natijasida tashkilot hisob raqamlarida pul mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, qonunchilikka muvofiq, tashkilotning barcha hisob raqamlariga band solinib, pul mablag‘lari undiruvchilar foydasiga o‘tkazilgan.
Olib borilgan ishlar natijasida tuman bo‘limi tomonidan jami 1 mlrd 200 mln 675 ming so‘mlik ish haqi 17 nafar fuqaroga to‘lab berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!