date

Nurafshonda sifatsiz tamaki va dori savdosi fosh etildi

Nurafshonda sifatsiz tamaki va dori savdosi fosh etildi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida noqonuniy ravishda tamaki va dori vositalari sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor tadbir chog‘ida fuqaro I.E. “Shova” mahallasidagi uyida hujjatsiz va sifatsiz mahsulotlarni savdoga tayyorlayotgan paytda fosh etilgan. Tekshiruv davomida jami 140,6 million so‘mlik 7 xil turdagi 8 400 quti tamaki mahsulotlari, shuningdek 30,6 million so‘mlik 12 turdagi 780 dona dori vositalari aniqlangan.

Barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tegishli idoralar tomonidan noqonuniy savdo holatlariga qarshi kurashish va aholining salomatligiga tahdid soluvchi sifatsiz mahsulotlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurafshonda sifatsiz tamaki va dori savdosi fosh etildi