
Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda UPL muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shaharning yangi rahbari lavozimiga Elyorbek Abdurahmonov tayinlangan. U tayinlovdan avval qashshoqlikni qisqartirish vazirligining viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Ma'lumot uchun, Abdurahmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. U Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutining bitiruvchisidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar