14:15 / 09.01.2017
7 684

Mars orbitasidan olingan Er surati namoyish etildi

Mars orbitasidan olingan Er surati namoyish etildi

NASA Er va Oyning Mars orbitasidan olingan suratlarini taqdim etdi. Tasvir - MRO avtomatik stansiyasi tomonidan noyabr oxirida olingan kadrlarning eng yaxshi ikkitasidan birlashtirilgan suratdir, deb yozadi Kun.uz sayti.

Bunday tasvir HiRISE bort kamerasi tomonidan olindi. U tasvirlarni infraqizil, qizil va ko‘k-yashil to‘lqinlar uzoqligida qayd etishi mumkin. Shuningdek, u diametri 0,5 metr bo‘lgan hamda chuqur fazodagi eng bo‘lgan katta teleskopdan foydalanadi. Suratga olish jarayonida Mars Erdan 205 million kilometr masofada bo‘lgan.

NASA’ning xabar berishicha, tasvirlarni birlashtirishda ularning kengligi va sayyoralarning bir-biriga nisbatan bo‘lgan holatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq, rang gammasi tahrirdan o‘tkazildi. Bunga Mars orbitasidan Oyning Erga qaraganda ancha qorayib ko‘rinishi sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, MRO – Marsni tadqiq qilishga mo‘ljallangan sayyoralararo stansiya bo‘lib, u 2005 yilning 12 avgust kuni uchirilgan va Qizil sayyoraga 2006 yilning 10 mart kuni etib borgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mars orbitasidan olingan Er surati namoyish etildi