
Toshkent shahar hokimiyati Oliy Majlis Senatiga sobiq TashTIY (1-son tergov hibsxonasi) hududi atrofidagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Bu hudud Yunusobod tumanida joylashgan.
Avvalroq Senat ushbu hududni obodonlashtirish ishlari cho‘zilib ketgani va uning boshqa maqsadlarda ishlatilishi bo‘yicha mahalliy aholida jiddiy savollar paydo bo‘layotganiga e’tibor qaratgan edi. Hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil oktabr oyida shaharning sobiq hokimi qarori bilan Ogneupor kompaniyasiga sobiq tergov hibsxonasi joylashgan 2,9 gektar yer maydoni ajratilgan.
Ushbu yer kompaniyaning Chinoobod ko‘chasida buzilgan ob’ekti uchun kompensatsiya sifatida berilgan. Keyinchalik Yunusobod tumani kengashi ushbu hududda 76 kvadrat metr maydonda ma’muriy bino qurish loyihasini tasdiqladi.
Biroq ko‘p o‘tmay, yer konservatsiya zonasiga kiritilgan bo‘lib, bu hududda yangi kapital qurilishlar qonunan taqiqlangan. Hokimiyatning ta’kidlashicha, dastlabki qarorda yer maydonida qanday bino qurilishi lozimligi aniq ko‘rsatilmagan.
Avvaliga Ogneupor bu yerda sanoat korxonasi qurishni rejalashtirgan, ammo yaqin atrofda yashash uylari joylashgani sababli bu fikrdan voz kechgan. Shundan so‘ng, kompaniya bu yerda mehmonxona qurish rejasini taklif qildi.
Kompaniya ushbu yer maydonini xususiylashtirish uchun ikki marta ariza topshirgan, ammo ikkala holatda ham rad javobi olgan. Rad etishning asosiy sababi – yer maydonining Toshkentning amaldagi Bosh rejasi bo‘yicha konservatsiya hududiga kiritilganidir.
Ogneupor rahbariyati agar cheklovlar olib tashlansa, kompaniya investor jalb qilib, mehmonxona va turar-joy binolari qurishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar