Kirib kelgan yil Markaziy Osiyo uchun demografiya borasida o‘ziga xos burilish yili bo‘ladi. Mintaqa aholisi bu yil 70 million nafardan oshishi kutilmoqda. Almatida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo — 2017: yangi trend va ssenariylar" mavzuidagi davra suhbatida mana shu raqam tilga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholi soni jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. 2016 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 31 million 807 ming kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi ayollarda 75,8 va erkaklarda 71,1 yoshga teng.
Qozog‘iston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti siyosatshunoslari Markaziy Osiyoda 2017 yilda sodir bo‘ladigan muhim voqealar o‘nligini ma’lum qilishdi.
Demografik o‘sishdan tashqari ekspertlar jahon mahsulotlar bozoridagi tiklanish mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga olib kelishini taxmin qilishmoqda. Shu bilan birga Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy tashrifi mustahkamlanishi kuzatiladi.
Mintaqa mamlakatlaridagi ichki siyosiy jarayonlar ham siyosatshunoslar e’tiboriga tushdi. Xususan, O‘zbekistonning yangi hukumat boshchiligidagi dastlabki yildagi taraqqiyoti hamda Turkmaniston va Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari ham siyosatshunoslar sharhidan o‘rin olgan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Afg‘onistondagi beqarorlik bois Markaziy Osiyo mintaqasidagi terrorchilik tahdidiga alohida e’tibor qaratilgan.
Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Erondagi ichki siyosiy jarayonlar va ularning mintaqadagi mamlakatlar bilan munosabatlari ham taxminlar ro‘yxatidan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi