AQSh prezidenti Barak Obama vise-prezident Jo Baydenga Prezident ozodlik medalini topshirdi, deb xabar beradi "Kun.uz". U AQShning eng yuqori ikkita fuqarolik mukofotlaridan biri sanaladi.
Tantanali marosim Baydenni Oq uydan kuzatish paytida o‘tkazildi.
Obama Baydenga hazil tariqasida murojaat qilib, nutq so‘zladi. “Bu internet uchun bizning mustahkam do‘stligimiz haqida gapirishga so‘nggi imkoniyatdir”, - ma’lum qildi Obama.
Shuningdek, u Baydenga Vashingtonga tashrif buyurgan “Rim papasi Fransisk bilan gaplashib olish” uchun ruxsat berganiga ham minnatdorchilik bildirdi. Obama Baydenni pop-qo‘shiqchi Ledi Gaga bilan do‘stlashib olgani uchun ham maqtab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden prezident samolyotida Oq uy ishchilarini qo‘rqitish uchun turli shumliklarni o‘ylab topgan ekan.
“Bu siz qachonlardir ko‘rgan eng yaxshi vise-prezident”, - ma’lum qildi Obama. Bayden esa bu vaqt ko‘z yoshlarini artish bilan ovora edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bayden – “uddaburon, ishonchli, kamtarin ishchi, vatanparvar, biroq birinchi o‘rinda ajoyib oila boshlig‘i”.
Bayden esa o‘z nutqida ancha kutilmagan hazillarga o‘chligini yana bir bor isbotladi. U rafiqasi Jill haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Hamma men uni ko‘proq sevishimni biladi, bunga jiddiy sabablar bor”.
Bayden vise-prezident konstitusiyaga ko‘ra o‘z hokimiyatiga ega emasligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, shunday bo‘lishi ham kerak. Bayden Obamaga turli mas’uliyatli ishlarni topshirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi