O‘z mijozlariga kiritgan sarmoyalari uchun 45 kunda 50 foiz foyda taklif etib, dunyoda 3 milliondan ortiq odamni 65 milliard dollarga “otgan” amerikalik “Ahmadboy” - Bernard Medoff 2008 yilda 150 (!) yil qamoq jazosiga mahkum etilgandi.
Ammo pulga bo‘lgan muhabbat uni qamoqda ham tinch qo‘ymadi. Bernard o‘zi jazo muddatini o‘tayotgan Shimoliy Karolinadagi qamoqxona do‘koniga sotishga keltirilgan kakaoni yoppasiga sotib oldi va ustiga katta foyda qo‘ygan holda qamoqxona mahbuslariga sotishga boshladi.
Bernard L. Madoff Investment Securities fondini tuzib, millionlab kishilarni yigirma yil davomida chuv tushirib kelgan bu “asr firibgari”ning “muvaffaqiyatli yurishi” 2008 yilda jahon moliyaviy inqirozi kelib chiqishi natijasida to‘xtashga majbur bo‘lgandi.
Sababi, yangi oqimi to‘xtab, eskilariga esa pul to‘lashga imkoniyati qolmagan Medoff: “Menda ayb yo‘q, meni kechiringlar. Bu yo‘lning oxiri yo‘qligini bilardim. Odamlar o‘zlari menga pul olib kelib berishaverdi” qabilidagi iqrori bilan, qamoqqa qochib qutulgandi. Shunisi qiziqki, u tuzgan moliyaviy piramida salkam chorak asr davomida dunyoda er tagida ilon qimirlasa biladigan AQSh Federal xizmatlari nazaridan chetda qolgan! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi