Mark Sukerbergning boyligi 2017 yilning birinchi ikki haftasida 5 milliard dollarga ko‘paydi. Bu Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi, deb xabar qildi Kun.uz sayti.
Nashrning ta’kidlashicha, Facebook asoschisi bu mablag‘lar bilan Donald Trampning AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, yo‘qotgan pullari o‘rnini to‘la qoplab oldi.
Sukerberg daromadi Facebook aksiyalari qiymatining jiddiy oshishi tufayli ko‘paygan.
Ma’lumot uchun, Sukerberg kompaniyaning 410 million aksiyasidan iborat paketga egalik qiladi. Uning davlati ayni damda 53,8 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Forbes ro‘yxatida Bill Geyts, Uorren Baffett, Jeff Bezos va Amansio Ortegadan so‘ng beshinchi o‘rinda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi