Joriy yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif uyushtirgan Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Ayni vaqtda mazkur erkin iqtisodiy zona uchun er uchastkasi ajratilgan. U er muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari bilan ta’minlanmoqda.
Hozircha “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida yengil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmasevtika, charm-poyabzallar va qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 50 ta loyiha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu erdagi rejalar bilan tanishar ekan, sifat va muddatga e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, xorij investisiyalari va texnologiyalarni ham jalb etish kerakligi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi