20:34 / 29.01.2017
8 521

Sh.Mirziyoyev: "Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak!"

Sh.Mirziyoyev: "Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak!"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan yaqindan tanishib, hudud rahbarlari bilan bu borada uchrashuv o‘tkazdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

"Viloyatda etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan bor-yo‘g‘i 10 korxona mavjud. Bugungi kunda ushbu korxonalar tomonidan etishtirilgan mahsulotlarning atigi 17,3 ming tonnasi yoki 1,8 foizi qayta ishlanmoqda - bu nima degan gap?

Qo‘shko‘pir, Xonqa, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlarida 173,4 ming tonna meva va sabzavot etishtirilishiga qaramasdan, tumanlar hokimlarining mas’uliyatsizligi natijasida birorta ham qayta ishlash korxonasi tashkil etilmadi.

Tasdiqlangan dasturga asosan, ushbu yo‘nalishda 2017 yilda 33 ta, 2018 yilda 15 ta loyiha amalga oshirish kerak. Bu ahvolda 2018 yil yakuniga borib, meva-sabzavotni qayta ishlaydigan korxonalar soni 58 taga etadi va bor-yo‘g‘i 9 foiz mahsuloni qayta ishlash imkoniyati tug‘iladi.

Nima uchun men bu raqamlarni keltiryapman? Hurmatli tuman hokimi va Po‘lat Razzoqovich (viloyat hokimi), yozib olishingiz kerak. Bu juda muhim narsa. Nima uchun men shuncha piyoda yurib, hammaga sinchiklab-sinchiklab tushuntirayapman? Bu bekorga emas - endi sizlar xuddi shunday qilishingiz kerak.

Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak, ikkita korxona tashkil qilish kerak! Uning tagidagi pirovard maqsad nima - ishchi joy. Bir yil shu tizimda ishlaylik, jamiyat o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi, odamlar ishonadi. Kimga ishonadi? Davlatga ishonadi!", - deya ta’kidladi Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sh.Mirziyoyev: "Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak!"