7 669
Plastik kartalardagi deyarli 6,5 mlrd. so‘m mablag‘larni “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib bergan shaxslar fosh etildi
Farg‘ona shahar DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda “Ixlos” savdo majmuasida fuqarolarga tegishli bank plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini 10-15 foiz “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib berish bilan shug‘ullangan “hojatbaror”larning jinoiy faoliyati fosh etildi, deb yozadi “Kun.uz” sayti.
Savdo majmuasida xo‘jako‘rsinga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan mashg‘ul, aslida plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib berishni keng yo‘lga qo‘ygan A.Sabirovning “Neksiya” rusumli avtomobil saloni va yukxonasidan 67 nafar fuqaroga tegishli pasport nusxalari, 258 dona plastik kartalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Hamkor bank”ning terminal kartasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, nazorat tadbirlarida yana o‘ndan oshiq tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan to‘lov terminallaridan ham fuqarolarga qonunlarga zid ravishda naqd pullar echib berilganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, fuqarolarning plastik kartalaridagi pullarini ma’lum foiz evaziga naqdlashtirib berishni o‘ziga kasb qilgan A.Ahmedovdan 110 dona plastik karta, D.Xolmatovdan 2 dona plastik karta, shunday ish bilan shug‘ullangan D.Rasulovdan esa 99 dona plastik kartalar, bir nechta xususiy korxonalarning to‘lov terminallari, “hojatbaror” N.Abdullaevdan 3 dona plastik karta va naqd pullar, 2 dona hisob-kitob daftarlari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.
Tergov jarayonida korxonalar rahbarlari va bevosita naqdlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarning jami 76 ming 704 nafar fuqaroning plastik kartalaridagi 6 mlrd. 407 mln. 550 ming so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib berib, 640 mln. 760 ming so‘m noqonuniy foyda ko‘rib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzishganligi ma’lum bo‘ldi.
Sud noqonuniy naqdlashtirishda ishtirok etgan xususiy korxonalarning rahbarlari hamda o‘rtada vositachilik qilgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo tayinladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi