23:46 / 30.01.2017
15 675

Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlarga yangi rahbarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlarga yangi rahbarlar tayinlandi

Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlar bo‘yicha tayinlov belgilandi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Toshkent shahri:

Polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkiliy-inspektor boshqarmasi boshlig‘i;

Podpolkovnik Elbek Xayrulla o‘g‘li Xayrullaev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;

Podpolkovnik Behzod Alisher o‘g‘li Sayfullaev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi Xorijga kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Samarqand viloyati:

Podpolkovnik Farhod Fattoxovich Hasanov Samarqand viloyati jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;

Podpolkovnik Otabek Abdusamatovich Jalilov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Polkovnik Nozim Nig‘matullaevich Xodjaev Qashqadaryo viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Podpolkovnik Vahob Ne’matullaevich Saidov Navoiy viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Mayor Shuhrat Yo‘ldoshevich Adumuratov Navoiy viloyati shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati rahbari etib tayinlandi.

Podpolkovnik Kamoliddin Sadirdinovich Shahobutdinov Andijon viloyati tergov boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Podpolkovnik Bahriddin Abulqosimovich Qarshiboyev Sirdaryo viloyati Guliston tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlarga yangi rahbarlar tayinlandi