date

MIB: Fermer xo‘jaliklaridan soliq qarzi undiruvi jadallashmoqda

MIB: Fermer xo‘jaliklaridan soliq qarzi undiruvi jadallashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PQ-131-sonli qaroriga muvofiq, surunkali ravishda soliq qarzdorligini to‘lamayotgan fermer xo‘jaliklariga yer ijara huquqlari qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan o‘tkazilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va xududiy bo‘limlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida ish yurituvida bo‘lgan mazkur toifadagi 913 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 147 ta qarzdor fermer xo‘jaliklaridan 4 mlrd. 361 mln. so‘m soliq qarzlari undirilishiga erishilgan.

Shu bilan birga, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan, boshqa mulklari va mulkiy huquqlari bo‘lmagan 96 ta qarzdor fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqlari xatlanib, jami 91 mlrd. 437 mln. boshlang‘ich narxda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

Bu borada ijro harakatlari davom etmoqda.

MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Fermer xo‘jaliklaridan soliq qarzi undiruvi jadallashmoqda