
O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida metan zapravkalarining ishlash vaqtiga vaqtincha cheklovlar kiritildi. Bu haqda “Hududgaz” filiallari xabar tarqatdi.
Andijon viloyatidagi 143 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati faqat tong soat 5:00 dan kechki 17:00 gacha amal qiladi. Bu qaror viloyat hokimligi bilan kelishib olingan va gaz bosimini normallashtirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Shunga o‘xshash tartib Navoiy viloyatida 51 ta AGTKSH uchun soat 6:00 dan 19:00 gacha, Xorazm viloyatida esa 94 ta metan zapravka uchun soat 5:00 dan 17:00 gacha belgilab qo‘yilgan.
Energetika vazirligi esa metan zapravkalarining ishlash vaqtlariga cheklov kiritishni qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘idagi texnik nosozlik tufayli tabiiy gazning importdagi kamayishi bilan tushuntirgan.
Shuningdek, vaziyat muammosini hal qilish uchun amaliy ishlar davom etmoqda va bu cheklovlar faqat vaqtinchalik bo‘lishi ta’kidlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.