Dubayning hukmron oilasi Al-Maqtumlar oilasidan bo‘lgan qiz ushbu oilaning tarixidagi birinchi ayol uchuvchi bo‘lib, noyob orden bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Kun nashri.
BAAning aviasiya sohasi unda uchuvchidan tortib muhandisgacha sifatida faoliyat yurituvchi ayollarning ko‘pligi bilan maqtana oladi.
Dubay malikasi Latifaning istagramdagi akkauntidan Al-Maqtumlar oilasining vakilasi – Mo‘za Al-Maqtum professional uchuvchilar safini to‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. U qirollik oilasidagi tijorat parvozlarini amalga oshiruvchi birinchi ayol uchuvchi bo‘ldi. "Mening jiyanim @mozahmm – oiladagi birinchi ayol uchuvchi tijorat parvozlari uchuvchisi sifatida birinchi parvozi vaqtida. Biz sen bilan faxrlanamiz! Osmon – chegara emas. Biror narsa ishonguninggacha, unga erisha olasan", deb yozilgan qizning uchuvchi kiyimidagi suratiga berilgan izohda.
Qirollik oilasining boshqa a’zolari ham instagramda qizga o‘z tabriklarini bildirib, u bilan faxrlanishlari va uning yutuqlaridan xursand ekanliklarini izhor qilishgan.
Mo‘za aynan qaysi aviakompaniya samolyotlarini boshqarishi haqida ma’lumot hozircha bo‘lmasa-da, uning egnidagi kiyim Emirates aviakompaniyasi uchuvchilarining kiyimini eslatib yuborgan.
2016 yilda Etihad Airways aviakompaniyasi unda ishlaydigan BAA fuqarolaridan yarmidan ko‘pini ayollar tashkil qilishini, jumladan 50 nafar ayol uchuvchisi borligini e’lon qilgan. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi BAAlik ayollardan eng mashhuri qiruvchi samolyot uchuvchisi Maryam Al-Mansuriy hisoblanadi. U Suriyadagi terrorchilik guruhlariga qarshi hujumlarda ishtirok etgani bilan tanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»