2016 yilning 15 dekabr kuni Samarqand shahri tashqarisidagi Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ko‘p miqdorda eshak jasadlari, suyaklari aniqlangani haqida xabar bergan edik. Xabar so‘nggida Samarqand viloyati IIB ushbu holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borayotgani haqida ham aytib o‘tgan edik.
Jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaev o‘z blogida Samarqandda "eshaklar go‘ristoni"ni tashkil qilganlar ustidan sud bo‘lgani haqida yozgan va ushbu jarayon haqida batafsil to‘xtalgan, deb yozadi Sof.uz sayti.
Rahmatullaevning yozishicha, u ushbu hodisa haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida Samarqand IIBB podpolkovnigi Otabek Jalilovga murojaat qilgan. 26 yanvar kuni tuman milisiya rahbaridan kelgan javob maktubida ushbu ish yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishi o‘z nihoyasiga etgani ma’lum qilingan. Jinoyatga aloqador shaxslarning barchasi qo‘lga olingani ham aytib o‘tilgan.
Eshak go‘shti qayerda ishlatilgan?
Milisiya rahbarining jurnalistga yo‘llagan javob maktubida eshaklar go‘shti biron-bir maqsadda ishlatilmagani aytilgan. "Menimcha, ular eshak go‘shti jamoatchilik ovqatlanadigan punktlarga etkazilmaganligiga alohida urg‘u bermoqchi bo‘lishgan", deb yozadi muallif. Xabarda ushbu ish Samarqand tumani jinoiy ishlar sudiga oshirilgani aytilgan. Shundan so‘ng jurnalist Samarqand tuman jinoiy ishlar bo‘yicha sudiga murojaat qilib, ushbu ish materiallari bilan tanishgan.
"Qo‘l tashlang, oshna"
Hujjatlarga ko‘ra, "eshak biznesi"ga Samarqand viloyatining besh nafar fuqarosi jalb qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri Shohrux Alibekov Malayziyada andijonlik Azizbek Rahmonov bilan tanishgan. Yangi tanishi Shohruhga ma’lum mablag‘ evaziga eshaklar terisini etkazib berib turishni taklif qilgan. Rahmonov bunday hamkorlikka rozi bo‘lgan.
Shundan so‘ng Sh. Alibekov yangi biznes planni yo‘lga qo‘yish uchun guruh tuzadi. Va u erga o‘z tanishlari Davron Rabbimov, Elbek Ibragimov, Ulug‘bek To‘xtashev hamda Dilshod To‘xtamishevlarni jalb qiladi.
Go‘shti emas, terisi kerak
Sud ishida ta’kidlanishicha, Sh. Alibekov D. Rabbimovga 3 marta ikki million so‘mdan pul bergan. Rabbimov bu pullarga Bulung‘ur va Jomboy tumanlaridan eshaklarni xarid qilgan va E. Ibragimovning yuk mashinasida jonivorlarni Samarqand tumani Do‘stlik mahallasiga etkazib berib turgan. Ibragimov va Rabbimov eshaklarni so‘yib, terisini o‘zlarida olib qolib, go‘shtini tashlandiq joy va suv havzasiga olib borib tashlashgan.
Bir oy davom etgan biznes
To‘xtamishev eshak go‘shtini akvatoriyada etishtirayotgan baliqlar uchun ozuqa sifatida foydalangan. Eshak suyaklarini esa maxsus maydalagichda maydalab, suv havzasiga yaqin joyda joylashgan erto‘laga va akvatoriyaga olib borib tashlagan. Shuningdek, maydalangan suyaklardan tovuqlar uchun ozuqa sifatida foydalanilni tovuqlar ga bergan.
Alibekov va uning sheriklari bu antiqa biznes bilan hujjatga ko‘ra, bir oy davomida shug‘ullanishgan.
"Guruh qilmishida jinoyat yo‘q!"
Samarqand IIBB tergov bo‘limi tergovchisi M. Safarov guruhning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligi tufayli ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘ashni rad etgan.
24 yanvar kuni Samarqand tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sudya Bobirjon Abduvohidov raisligida sud majlisi bo‘lib o‘tgan.
Sh. Alibekov, D. Rabbimov, E. Ibragimov, U. To‘xtashev, va D. To‘xtamishevlar sud qilingan.
Sud guruh a’zolarini "ma’muriy jinoyat sodir etish va hayvonlar bilan shafqatsiz muomala qilish"da aybdor deb topgan va ularga eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida jarima solgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar