O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo‘ldi, deya yozadi Daryo nashri. Shavkat Mirziyoyev Shodi bobo va u kishining umr yo‘ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralarning tarbiyasi to‘g‘risida suhbatlashgan.
Siz kabi ko‘pni ko‘rgan, yuzidan nur yog‘ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
«Erdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam o‘zini ham, xalqini ham boy qilishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so‘z yuritildi. Xonadon egalari davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini o‘rganayotganidan yurtdoshlarimiz juda mamnun bo‘layotganini ta’kidladi. Odamlar og‘irini yengil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi», — deyiladi O‘zA axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar