14:36 / 11.02.2017
6 413

Hindistondagi qumdan yasalgan qasr Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Hindistondagi qumdan yasalgan qasr Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Hindistonda qumdan dunyodagi eng baland qum qasri qurildi. Uning balandligi 15 metr keladi, deb yozadi Kun nashri.

Qum qasri 9 kun davomida barpo etilgan. Uning asosiy g‘oyasi tinchlikdan iborat. Shuning uchun qasrdagi bosh ramz qilib tinchlikni bildiruvchi kabutar olingan. Unda shuningdek Maxatma Gandi, Nelson Mandela va Budda siymolari akst etgan. Qasrning muallifi Hindistonda qum bo‘yicha taniqli rassom, mahalliy universitetlardan birining o‘qituvchisi Sudarsan Pattnayk hisoblanadi. Unga bu ijod mahsulini yaratishda talabalari yordam bergan. Qum qasrini barpo etishga 45 kishining mehnati singgan. Ushbu qum qasri Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, avvalgi bunday rekord AQShda qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindistondagi qumdan yasalgan qasr Ginness rekordlar kitobiga kirdi