date

“Sherhon” taxallusli bloger prezidentni haqoratlagani uchun 4 yilga qamaldi

“Sherhon” taxallusli bloger prezidentni haqoratlagani uchun 4 yilga qamaldi

Sud Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ijtimoiy tarmoqlarda «Sherxon» nomi bilan tanilgan Amon Yusupovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Sudda aniqlanishicha, 2023 yil fevralida u Qozog‘iston hududida bo‘lgan paytda TikTok’da jonli efirga chiqib, davlat rahbari va mamlakat rahbariyatiga nisbatan haqoratli fikrlar bildirgan. Video qisqa fursatda tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng Yusupov uzoq muddat O‘zbekiston tashqarisida yashagan: avval Turkiyada, keyin Ozarbayjonda bo‘lgan. Joriy yil aprelida u Ozarbayjon hududida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining tezkor tadbirlari natijasida qo‘lga olingani qayd etildi.

Sud majlisida Amon Yusupov aybini to‘liq tan olib, omma oldida uzr so‘ragan va qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi («O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga tajovuz») bilan malakalandi va 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, u avval ham huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortilgani, biroq o‘sha safarlarda yengilroq choralar qo‘llangani bildirildi.

Human Rights Watch avvalroq O‘zbekistonda internetdagi fikrlar, jumladan prezident va uning oila a’zolarini tanqid qilish bilan bog‘liq chiqishlar uchun ta’qib ishlari ko‘payayotganidan xavotir bildirgan. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda sudlar bir nechta shunday ishlarni ko‘rib chiqqan, ekspertlar esa buni fikr bildirish erkinligi bilan bog‘liq huquqlarga zid holat sifatida baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » “Sherhon” taxallusli bloger prezidentni haqoratlagani uchun 4 yilga qamaldi