2007 yildan beri Rossiyada amal qilayotgan farzand ko‘rishni rag‘batlantirish dasturi asta-sekin o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili Bosh Vazir Dmitriy Medvedev Rossiyada so‘nggi bir necha yillardan beri ilk bor aholi soni o‘sishiga erishilganini e’lon qilgandi, deb ma’lum qiladi "Vodiymedia" sayti.
Hozirgi kunda ikkinchi farzanddan boshlab har bir keyingisi uchun onalarga 453 ming rubl (7500 AQSh dollaridan ko‘proq) moddiy yordam ajratiladi. Avvallari bitta bolani tuqqandan keyin "ikkinchisini boqishga qurbim etmaydi" deganlar endi xotirjam farzand ko‘rishni boshlashdi.
Vorkuta viloyatida yashovchi 42-yoshli Svetlana Bobrova o‘n uchinchi (!) farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda BNK axborot agentligi xabar berdi.
Haqiqiy Qahramon ona deb atashga arzigulik Svetlananing navbatdagi farzandi qiz bo‘ldi.
2012 yilda Svetlana Bobrova 10 ta farzandning onasi sifatida Vladimir Putinning qo‘lidan "Ota-onalik shuhrati" ordenini olgandi. Qarangki, o‘tgan 5 yildan kam vaqt davomida Svetlana yana uchinchi bor onalik baxtiga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi