Buxorolik 21 yashar yigit o‘z qarindoshining qotili bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, yigitcha qarindoshini ov quroli yordamida otib qo‘ygan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
Gap shundaki, Buxoro viloyati, Jondor tumani, Zarafshon QFY Tobogar qishlog‘ida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro IIV ro‘yxatida bo‘lgan “TOZ-34” rusumli, 4356-raqamli ov qurolini ruxsatsiz ov qilish qilish maqsadida uyidan olib chiqqan.
Matiz avtomobilida kelgan qarindoshini qurol ushlagan yigit otib qo‘ygan. Yaralangan shaxs voqea joyida vafot etdi. Qurollangan fuqaro esa hibsga olingan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura organi tomonidan qurollangan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi