date

Yangi yil oqshomida drift qilganlar jazoga tortildi

Yangi yil oqshomida drift qilganlar jazoga tortildi

Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumotiga ko‘ra, Yangi yil kechasida tungi osoyishtalikni buzgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rilmoqda. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi skver atrofida “Mercedes-Benz” va “VAZ-2107” rulidagi shaxslar xavfli manevrlar, jumladan drift qilgani aks etgan video tarqaldi. Ular boshqa avtomobillar harakatiga xalal berib, yo‘l harakati ishtirokchilari, jumladan piyodalar xavfsizligiga tahdid tug‘dirgan.

Holat bo‘yicha huquqbuzarlarga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “Yo‘l bezoriligi” moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Ularga 1 yildan 2 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilish, shuningdek 25 BHM (10 300 000 so‘m) miqdorida jarima tahdid solmoqda.

Qoidabuzarlarning avtomobillari jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yil oqshomida drift qilganlar jazoga tortildi