Qo'qonda tartibsizlik haqida yolg'on tarqatganlar jazolandi

Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qo‘qonda Yangi yil kechasida go‘yoki ommaviy tartibsizliklar bo‘lgani haqidagi yolg‘on ma’lumotni tarqatgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Ichki ishlar organlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar va xabarlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Tekshiruv davomida to‘rt nafar fuqaro yo‘l harakatini to‘sib, turli pirotexnika vositalarini ishlatgani, buni baland qichqiriqlar bilan "shou"ga aylantirgani ma’lum bo‘ldi. Ular hodisani videoga olib, Instagram sahifalariga joylagan hamda Telegram orqali tanishlariga yuborib, buni shahardagi ommaviy tartibsizlik sifatida taqdim etgan.
Holat bo‘yicha huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning "mayda bezorilik", "pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi" va "yolg‘on axborot tarqatish" moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ular 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!