Yangi yil kuni YTH oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

Hodisaga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan 20 yoshli J.R. Lacetti markasidagi avtomashinasini boshqarib ketar ekan, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1991 yilda tug‘ilgan Y.N. ismli piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda olgan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing