Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov imzolagan “Namangan viloyat mahallarida 2017 yil fevral-mart oylarida “Yarashtirish komissiyasi” oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq viloyat hokimligining ishchi guruhi tuzildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Viloyatda istiqomat qiluvchi oilalarda ma’naviy muhitni yuksaltirish, hayotning har qanday sinovi uning qo‘rg‘oniga daxlsiz bo‘lishi lozimligi borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Xilola Yusupova boshchiligidagi mazkur guruh a’zolari shahar va tumanlarda arazlashgan oilalar ro‘yxatini shakllantirib, yarashtiruv ishlarini boshlab yubordilar.
Fevral oyining o‘zida, Pop tumanida o‘tkazilgan ana shunday savobli ishlar natijasida 50 ta oila tiklandi. Yarashtiruv komissiyasining Chust tumanidagi faoliyati Akbarov Abdurashid singari fuqarolarning quvonchiga sabab bo‘ldi.
“Arzimagan sabablar tufayli turmush o‘rtog‘im bilan arazlashib qolgan edik. Yarashtiruv komissiyasi a’zolarining tushuntirish ishlari davomida shuni anglab etdimki, hech bir inson oilasiz baxtli bo‘la olmaydi. Men bugun chin ma’noda baxtli insonman. Chunki, bugun turmush o‘rtog‘im yonimda, farzandim bag‘rimda, oilam but”, deydi baxtiyor ota.
Tashkil etilgan ishchi guruh xizmatlari sabab, Chust tumanida ham qayta tiklangan 33 ta xonadonda xursandchilik hukmron. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?