10 519
Banklar plastik kartochkadagi pulga 9 foizlik kapitalizasiya berishidan xabaringiz bormi?
Avvalo, kapitalizasiya nima? Plastik kartalardagi mablag‘lar qoldig‘iga har oyda foiz hisoblash – bu kapitalizasiya. Mahalliy banklar (hammasi emas) tomonidan u yiliga 9 foiz miqdorida amalga oshiriladi. Nega 9 foiz? Bu Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan qayta moliyalashtirish stavkasi.
Banklar tomonidan kapitalizasiya hisoblab yozish har bir kalendar kun yakuniga qoldiqlar bo‘yicha avtomat rejimida amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar mijoz kartasiga esa aksariyat banklar tomonidan har oyda, ba’zilari tomonidan yil yakuniga ko‘ra o‘tkaziladi, deb yozadi Qalampir nashri.
Agar fuqarolarda turli banklardan bir nechta plastik karta bo‘lib, ularning birini “aqchadon” qilmoqchi bo‘lsa, albatta, yillik 9 foiz kapitalizasiya keltiradiganini tanlagan ma’qul. Bank depozit mahsulotlari (jumladan, plastik kartalar bo‘yicha) 9 foizdan ko‘proq daromad keltirishi hech kimga sir emas. Ammo, depozit hisob varag‘i, qoidaga ko‘ra, “muzlatilgan” bo‘ladi. Ya’ni undagi mablag‘larning omonat muddati tugaguniga qadar ishlatib bo‘lmaydi. Qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha kapitalizasiya kartaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi va undagi mablag‘lardan istalgan vaqtda cheklovlarsiz foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilinishi bilan pensiyalarni plastik kartalarga o‘tkazish to‘xtatildi. Ba’zi banklarda bizga tushuntirishlaricha, pensiyalarni karta orqali olishni istovchi pensionerlar tegishli ariza bilan yangitdan yashash joylaridagi Pensiya bo‘limiga murojaat etishlari darkor, keyin esa kartani chiqargan bankka yoki boshqa bankka murojaat qilinadi.
Bunda banklar tomonidan muqaddam ochilgan pensiya plastik kartalaridagi mablag‘lar bo‘yicha kapitalizasiya davom ettiriladi. Chunki ularda mablag‘lar qoldig‘i bo‘lishi mumkin. Ba’zi banklar pensiya loyihalari bo‘yicha kapitalizasiya to‘xtatilishini ma’lum qilishdi, boshqalarining vakillari mazkur savolni sharhlashga qiynalishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi