Belorussiyalik jurnalist matbuot anjumanida gazeta edi (Video)


Belorussiyalik sport jurnalisti Vyacheslav Fedorenkov “Pressbol” gazetasini eb qo‘ydi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Vyacheslav Fedorenkov mazkur nashr xodimi hisoblanadi. U gazetada xokkeyga oid ruknni yoritadi. Fedorenkov kelgusi mavsumda Minskning “Dinamo”komandasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, gazeta yeyishini ma’lum qilgan edi. “Dinamo” klubi “Nefteximik” bilan bo‘lgan matchda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Oqibatda Vyacheslav Fedorenkov bergan va’dasini bajarish uchun gazeta yeyishga majbur bo‘ldi.































Izohlar 0
…