
Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari bojxona solig‘i to‘lanmasdan mahsulot olib kirish bilan shug‘ullanayotgan uyushgan jinoyatchilar guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda "Sputnik" nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Xabarda aytilishicha “olingan operativ ma’lumotlar tekshiruvi natijasida Toshkent aeroportida chet eldan kelgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ular 37 dona iPhone 7 smartfonini va uch dona HP noutbukini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda, respublika hududiga olib kirishga uringan. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 150 million so‘mni tashkil qiladi”.
Shuningdek, qayd etilishicha, fuqarolar tintuvdan o‘tkazilganda ularning yonidan boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lgan 13 dona valyuta plastik kartochkalari topilgan.
“Ushbu ish yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bundan tashqari, jinoyatga aloqador bo‘lgan, kontrabandistlar faoliyatini yashirishga uringan Toshkent aeroporti bojxona xodimlari ustidan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar