09:39 / 17.05.2015
6 957

Ukrainaliklar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga boykot e’lon qilishmoqchi

Ukrainaliklar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga boykot e’lon qilishmoqchi

Ukrainalik faollar guruhi Facebook’ning ukrainalik foydalanuvchilarini ijtimoiy tarmoq bir qator ukrainaliklarning postlarini to‘sib qo‘ygani uchun unga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Ijtimoiy tarmoqda ukrainaliklarni ikki kun – 18 va 19 mayga o‘z akkauntlarini o‘chirib qo‘yishga chaqiruvchi guruh tashkil etildi.

“Mark Sukerberg 50 mingdan ortiqroq ukrainalik foydalanuvchilarning iltimosiga umuman nomunosib javob berdi. Ular ukrainalik etakchilarning fikrlarining ommaviy ravishda to‘sib qo‘yilishi yuzasidan bildirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishni so‘ragan edilar”, deyilmoqda xabarda.

Aksiya tashkilotchilari boykot orqali Facebook rahbari Mark Sukerberg ukrainalik foydalanuvchilar oldida “ularning iltimosiga o‘zining g‘aliz va nomunosib javobi uchun” ommaviy tarzda uzr so‘rashini istashmoqda.

Bundan avvalroq Mark Sukerberg postlari siyosiy sabablarga ko‘ra to‘sib qo‘yilayotgani haqida shikoyat qilgan ukrainaliklarga ushbu holat yuzasidan javob bergan edi. U ijtimoiy tarmoq standtlariga to‘g‘ri kelmagan xabarlar to‘sib qo‘yilganini aytgan. Bundan tashqari, Facebook xodimlari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Ukrainada ijtimoiy tarmoqning vakolatxonasini ochish haqidagi iltimosini kulgi ostiga olishgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ukrainaliklar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga boykot e’lon qilishmoqchi