Bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov yangi lavozimga saylandi


O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasining 22 fevral kuni o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishi davomida federatsiyaning tashkiliy tuzilmasi ham ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Uning birinchi o‘rinbosari etib “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruv raisi o‘rinbosari Olimxon Rustamov tayinlandi. Abdulla Sa’diev, Behzod Mirtemirov, Baxtiyor Ikromjonov rais o‘rinbosari lavozimiga, Kamoliddin Ro‘zimuhammedov Bosh kotib lavozimiga tayinlanishdi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasi yangi binoda ish boshlaydi. Ayni vaqtda poytaxtdagi “Paxtakor” stadioni yaqinida federatsiyaning yangi binosi, shuningdek, yengil atletika bo‘yicha maxsus sport majmuasi qurilmoqda.































Izohlar 0
…