Sobiq bank xodimi ishga tiklandi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2025 yil 10 noyabrdagi ijro varaqasi asosida da’vogar A.G‘.ni qarzdor bankning Toshkent shahar mintaqaviy markazi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan darhol ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor bankka sobiq xodimni sud qarorida ko‘rsatilgan lavozimga ishga tiklash bo‘yicha talabnoma yuborildi. Shuningdek, talabnomada belgilangan muddatda da’vogar ishga tiklanmagan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida bank mas’ullari ogohlantirildi.
Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida sobiq xodim sud hujjatida ko‘rsatilgan lavozimga ishga tiklandi.






























Izohlar 0
…