O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktyabrdagi "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori O‘zbekiston aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashda yangi bosqichni boshlab berdi, deb yozadi "Sputnik" nashri.
Xabarga ko‘ra, har bir massivning bosh rejasida xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlar e’tiborga olingan. Energiyani tejaydigan mahalliy materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishiga hamda aholining barcha qatlami uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular xususida so‘z yuritildi, deb yozadi nashr.
"Barcha uylarning seysmik jihatdan zilzilabardoshligi 7-8 ballga mo‘ljallangan, — degan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asomiddin Tojiev. — Buning uchun loyihalarda temirbeton bog‘lamalar, devorlar kesishish burchaklarini bo‘ylama va ko‘ndalang armokarkaslar bilan mustahkamlash kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan".
Loyihalarda kanalizasiya tizimi alohida chiqindixonaga ulanishiga e’tibor qaratilgan. Suv ta’minoti qiyin bo‘lgan hududlarda esa har bir xonadonga alohida qo‘shimcha zaruriy binolar quriladi.
Qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning ochiqligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”