8 111
Qora qamishdagi bozor atrofida avtomobillarni istalgan joyga tashlab ketishga 25 fevral kuni barham beriladi
2015 yilning dekabr oyida Toshkent shahrining Beshyog‘och mavzesidagi Qush va baliq bozori Olmazor tumani, Qora qamish dahasiga ko‘chib kelgani haqida xabar bergan edik. Maqolada bozorga kelib-ketuvchi xaridorlar, sotuvchilar avtomobillarini yo‘l bo‘yida, shuningdek, bozorga yaqin hududlardagi mahallalar yo‘lida qoldirayotgani, shu atrofda yashayotgan aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani haqida yozilgan edi.
Oradan bir yildan ortiq muddat o‘tsa ham, bu muammoning echimi topilgani yo‘q. Aksincha, o‘zim – o‘zimga xon, ko‘lankam – maydon kabilida ish tutuvchi haydovchilar, ularning xatti-harakatlariga panja ortidan qaraydigan yo‘l patrul xizmati xodimlari sabab mavze aholisi har shanba kuni ko‘plab noqulayliklarga duch keladi.
Aytaylik, uch “polosa”dan iborat yo‘lning faqat bir qismidan yurish mumkin. Qolgan ikki “polosa” soat 16:00 gacha avtomobillarni qo‘riqlashga xizmat qiladi. Bu ham etmagandek, mahallaga kirib-chiqish uchun mo‘ljallangan yagona yo‘lda avtomobillarning qoldirib ketilishi, o‘sha erda istiqomat qilayotgan aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Boz ustiga yo‘lakda qoldirilgan avtomobillarga, hatto, pashshani ham qo‘ndirmay qorovullaydiganlar ham topilgan. Yana o‘sha gap – tegishli idoralar vakillari befarq.
Bu hududlarda ayni bozor qizigan, avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygan vaqtda favqulodda holat bo‘lishi mumkin emasmi? Tez yordam, o‘t o‘chirish mashinasi yoki favqulodda xizmat avtomobili kirishi uchun kimdir hay-haylab yo‘lni bo‘shatishi kerak. Buning uchun esa kamida 20-30 daqiqa vaqt ketadi.
23 fevral kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan bir haftalik profilaktika nazorat tadbirlari yuzasidan hisobot yig‘ilishida “Qalampir.uz” muxbiri ayni shu masalani o‘rtaga tashladi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tillaxo‘jaev mazkur hududdagi vaziyatga to‘xtalar ekan, aynan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgan vaqtda yong‘in holati yoki boshqa favqulodda holat aniqlanmaganini, agar shunday bo‘lsa, o‘sha zahotiyoq yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga murojaat qilinishini, yo‘lning qatnov qismi ochib berilishi ta’minlanishini ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev va Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Yorqin Abdullaev Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Yo‘ldoshevga favqulodda holat bo‘lishini kutib o‘tirmay, Qora qamishdagi Qush va baliq bozori atrofidagi hududni zudlik bilan o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Shunday qilib, ertaga, 25 fevral kuni Qora qamishda yo‘l harakati xafsizligi bo‘yicha katta reyd tadbirlari o‘tkazilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”