Istanbulda dahshatli qotillik: o‘zbek qizining jasadi topildi

2026 yil 24 yanvar kuni Istanbul shahrining Shishli tumanida dahshatli holat qayd etildi. Soat 19:40 atrofida chiqindilar orasidan buyum terib yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan, bosh qismi mavjud bo‘lmagan jasadni aniqlab, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.
Olib borilgan dastlabki tekshiruvlar natijasida marhumaning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jinoyatga aloqador deb gumonlanayotgan O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Turkiya hududini tark etib, Gruziyaga qochishga urinayotgan paytda qo‘lga olingan.
Ayni paytda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumaning yaqinlari bilan bog‘lanib, zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Hodisa yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv va tergov ishlari diplomatik idora nazorati ostiga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!