Makkada dunyodagi eng yirik Qur’on asari namoyish etilmoqda

Islom olamining muqaddas shahri — Makka shahridagi Hira madaniy hududida joylashgan Qur’on muzeyida dunyodagi eng yirik qo‘lyozma nusxa namoyishga qo‘yildi.
Muzeydagi namoyish etilgan asar — XVI asrga oid tarixiy Qur’onning kattalashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning balandligi 312 sm, eni esa 220 smni tashkil etadi va 700 sahifadan iboratdir.
Ushbu buyuk nusxa uning kattaligi tufayli Ginnes rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng yirik Qur’on sifatida tan olingan va mazkur muzey ham shu nom bilan rasman qayd etilgan.
Asar — XVI asrga mansub tarixiy Qur’on nusxasi asosida tayyorlangan kattalashtirilgan ko‘rinishdir. Uning asl nusxasi hozirda Qirol Abdulaziz kutubxonalari majmuasida saqlanib, musulmonlar ma’naviyati va Islom san’ati boyligining davomiyligiga tarixiy guvohlik beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!