Salom bermagani uchun kompyuter klubida ikki o‘quvchi pichoqlandi

Toshkentning Olmazor tumanidagi kompyuter klubida 19 yoshli yigit ikki nafar voyaga yetmagan o'quvchiga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. U o'quvchilar salom bermaganini bahona qilib, ular bilan qo'pol ohangda gaplashgan va suhbat janjalga aylangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi qo'lga olinib, qamoqqa olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Toshkentdagi kompyuter klublaridan birida jiddiy hodisa sodir bo‘ldi. Poytaxtning Olmazor tumanida 19 yoshli yigit klubda unga salom berilmaganini bahona qilib, ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, yigit klubga kirib, o‘quvchilar bilan qo‘pol ohangda gaplashgan. Suhbat tez orada tortishuvga aylanib, o‘rtada janjal kelib chiqqan. Oqibatda u oldidagi pichoqni ishlatib, ikki o‘quvchini yarador qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi — ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olinib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…