Turkmanistonda O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi temir yo‘l ko‘prigi ochilish arafasida


Kecha, 3 mart kuni Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy o‘sish holatlari muhokama etilib, u Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvur yo‘lining turkman hududidagi ishlar rejasining hisobotini tingladi.
Prezident Berdimuhamedov Amudaryodan o‘tuvchi “Turkmanobod-Forob” temir yo‘l ko‘prigining ochilish marosimiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishga buyruq berdi. Temir yo‘l ko‘prigi O‘zbekiston uchun janub tomon yangi yo‘lni ochib beradi.
6-7 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi mobaynida Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi xotira majmui ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…