
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi harakatlari natijasida narkotik sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar bermoqda.
«Nurobod mahallasida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan yigit 1 kilogramm 215 gramm miqdoridagi geroin giyohvandlik moddasini 40 ming dollarga sotayotgan paytida qo‘lga olindi», — deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar