date

Malayziyada o‘zbekistonliklar bilan odam savdosi guruhi aniqlandi

Malayziyada o‘zbekistonliklar bilan odam savdosi guruhi aniqlandi

Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda odam savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda IIV ga tayanib Gazeta nashri.

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda 1971 yilda tug‘ilgan 55 yoshli ayol ushbu guruhning rahbari bo‘lgan. U O‘zbekistonda yashovchi hamkorlari orqali Telegram kanallarida Kuala-Lumpurdagi restoranlarda yangi xodimlar olinayotgani haqida e’lonlar bergan va fuqarolarni chet elga yo‘llashni tashkil qilgan.

Guruhning Toshkentdagi a’zolari ish qidirib murojaat qilgan shaxslar bilan uchrashib, ularni soxta va’dalar bilan Kuala-Lumpurga yuborgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, rahbar ayol qo‘l ostida ishlagan qizlarni shahvoniy ekspluatatsiya qilgan, yigitlar esa va’da qilingan 500 dollar oylik ish haqi, bepul yashash joyi va oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan.

Shuningdek, jabrlanuvchilarning mehnat vizalari rasmiylashtirilmagan, ish haqi to‘lanmagan va pasportlari olib qo‘yilib, majburiy mehnatga jalb qilingan.

Hozirga qadar ushbu jinoiy guruhdan jabrlangan 8 nafar shaxs aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Malayziyada o‘zbekistonliklar bilan odam savdosi guruhi aniqlandi