Nufuzli shotland golf-klubi Myuirfild a’zolari klub tashkil topgan 1744 yildan beri amal qilib kelgan, ayollarning klubga a’zo bo‘lishlariga taqiqlovni bekor qilishga qaror qilishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu masala bo‘yicha ovoz berish 498 nafar rozilar va 123 nafar qarshi chiqqanlar nisbatida yakunlangan. Endilikda klub dunyoning eng yirik golf-chempionatlaridan biri British Open’ni qabul qila oladi.
Klubning 273 yil davom etgan taqiqlovni bekor qilish qarorini Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjen ham qutladi.
"Ayollarning a’zolikka qabul qilinishi to‘g‘ri va buyuk qarordir", deb yozdi Sterjen tvitterda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi