
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan barcha tuman-shahar Ichki ishlar bo‘limlari va Yo‘l patrul xizmati maskanlariga “Axborot integrallashgan bazasi” o‘rnatildi. Ushbu bazani o‘rnatilishi xodimlarga bir qator yengilliklar olib kelmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillariga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Baza jinoyat sodir etganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIB va boshqa viloyatlar IIBlari tomonidan qidiruvga e’lon qilinib, Sirdaryo viloyati hududida yashirinib yurgan shaxslarni aniqlashda yordam bermoqda.
Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ushbu zamonaviy texnologiyadan foydalanib olib borilgan tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, Samarqand viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Jizzax viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar shaxs Sirdaryo viloyati hududida ushlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar