14:38 / 22.03.2017
6 180

Fuqarolik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Fuqarolik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartish kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (pdf) bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritildi, deb xabar beradi Sof.uz sayti.

«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotilishi mumkin:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek polisiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;

g) agar shaxs chet el davlati foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo‘lsa;

d) agar shaxs chet el davlati fuqaroligini olgan bo‘lsa.

Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Xulosalarda quyidagi ma’lumotlar alohida ko‘rsatilishi kerak:
  • shaxsning davlat oldidagi bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyati mavjudligi;
  • shaxsning ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
  • shaxsning qidiruvda ekanligi;
  • shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro qilinishi lozim bo‘lgan sud hukmining mavjudligi;
  • shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida ekanligi;
  • shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining manfaatlariga nomuvofiq ekanligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xulosalarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartish kiritildi