
AQShning Frederiksberg shahri (Virjiniya shtati)da istiqomat qiluvchi ayol dugonasiga lotereya o‘ynashni o‘rgatayotganida 1 million dollar yutib oldi. Bu haqda "WTVR"ga tayanib "Daryo" nashri xabar bermoqda.
Merri Tomas ishdan keyin dugonasi Juliya bilan supermarketga kirdi. Ayol do‘konda o‘rnatilgan Virjiniya shtati lotereya avtomatidan qanday foydalanishni tushuntirmoqchi bo‘ldi. U chipta sotib oldi, avtomat yordamida uni tekshirdi va 1 million dollar yutib olganini angladi. Uning dugonasi 12 dollar yutdi.
Lotereya qoidalariga ko‘ra, yutuqni 30 yil davomida kichik qismlar bilan yoki ma’lum qismini xayriya qilib, qolgan qismini shu zahoti olish mumkin.
Merri Tomas ikkinchi variantni tanladi va 630 915 dollarni naqd ko‘rinishda oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar