O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib u erda tadbirkorlar, fermerlar va oddiy xalq bilan muloqotda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.
Navoiy viloyati, o‘zining mehnatkash xalqi, er osti va er usti boyliklari tufayli mustaqillik yillachida ildam qadamlar bilan rivojlandi. Bugungi kunda viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanib viloyat Respublikaning yirik sanoat hududiga aylangan.
Bugun Navoiyda 17ta yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”, “Elektrkimyozavodi” shular jumlasidandir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishda yangi yaratilayotgan kichik biznes sub’ektlari ham ishtirok etdi. O‘tgan yilii Navoiyda 866 ta yangi kichik biznes sub’ekti tashkil etildi va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard so‘m kredit ajratildi. Viloyatda 9500 dan ziyod yangi ish o‘rnlari yaratildi.
Engil sanoat
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyatning bir necha tumanlari va korxonalarida bo‘ldi. Tashrif boshida prezident yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.
Navoiyda paxta tolasini chuqur qayta ishlab va jahon bozori talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida bir necha korxonalar yaratilgan.
Xususan, Navoiy shahrida “Baxt tekstil”, “Baxt Navoiy”, Qiziltepa tumanida “Toshrabot tekstil” va Navbahor tumanida “Navbahor tekstil” korxonalari zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu korxonalar Milliy bank krediti hisobidan tashkil qilinib u erga Shveysariyaning “Riter” va Belgiyaning “Pikanol” kompaniyalarining zamonaviy dastgohlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Teri mahsulotlari
Prezident tanishgan keyingi soha bu — teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘ldi.
Ayni paytda viloyatda 450 ming bosh qoramol hamda bir million 950 ming qo‘y-echki parvarishlanmoqda. Ulardan yiliga o‘rtacha 930 ming dona teri olinadi. Prezident Karmana tumanidagi “Kamilla grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Italiya texnologiyasi asosida tayyor charm ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga 3,2 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi. Korxonada 40 ish o‘rni yaratiladi.
Fermer xo‘jaliklari
Ayni paytda viloyatda 450 ming bosh qoramol hamda bir million 950 ming qo‘y-echki parvarishlanmoqda. Ulardan yiliga o‘rtacha 930 ming dona teri olinadi. Prezident Karmana tumanidagi “Kamilla grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Italiya texnologiyasi asosida tayyor charm ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga 3,2 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi. Korxonada 40 ish o‘rni yaratiladi.
“Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi bilan suhbatlar o‘tkazish kerak. Xonadonlarda 100 tadan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlar ongiga singdirish lozim. Aholining o‘z tomorqasidan foydalanib, daromad topishga ishtiyoqi kuchaysa, ularning farovonligi ortadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev fermerlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda.
Baliq sanoati
Viloyatda baliqchilikni rivojlantirishga ham jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, To‘dako‘l suv ombori havzasida Vetnam texnologiyasi asosida yiliga ming tonnadan ziyod baliq etishtirish, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida inkubasiya sexlari tashkil etish va baliq etishtirish bo‘yicha mamlakatimizning barcha viloyatlariga 14 hudud ajratib berish rejalashtirilgan.
Qorako‘lchilik
Navoiy viloyati qorako‘l teri etishtirish bo‘yicha mamlakatimizda etakchi o‘rinni egallaydi. Navoiyda Qorako‘lchilik sohasida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Xususan, viloyatdagi 23 qorako‘lchilik shirkat xo‘jaligi fermer xo‘jaligiga, naslchilikka ixtisoslashgan iqtisodiy barqaror 8 shirkat xo‘jaligi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi. 23 shirkat hisobida bo‘lgan chorva mollari, qo‘ra-qo‘tonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kimoshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar yaylovlar berilishi rejalashtirilgan. Sohada 2 ming 250 ish o‘rni yaratiladi.
Fermer xo‘jaligining dala shiyponida Malikobod mahallasi onaxonlari sumalak tayyorladi. Davlatimiz rahbari ular bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar odamlar hayotida qanday aks etayotgani, xotin-qizlar turmushini farovon qilish, farzandlar ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida samimiy suhbat qurdi.
Malikobod mahallasida yashovchi Jumagul Fayzullaeva barcha islohotlardan avvalo odamlar manfaat ko‘rayotgani, mamlakatimizdagi o‘zgarishlar xalqimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotganini faxr bilan ta’kidladi.
“Bizga shu ham bo‘laveradi, degan qarash bilan yashash vaqti allaqachon o‘tdi. Uyida daromad topgan, farzandlarini ham shu ruhda o‘stirgan oila farovonligiga zamin yaratadi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad odamlarga elkadosh bo‘lish, farzandlarining baxti-kamolini ko‘rishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi uylar
Prezident Karmana tumanining Mustaqillik massivida barpo etilayotgan qulay, arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari bilan tanishdi.
Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan loyihalar asosida 32 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli va 46 oila uchun 2 sotixli uylar barpo etildi. Tumani rahbarlari uchun Mustaqillik massivida 9 xizmat uyidan 4 tasida qurilish tugallanib, kommunikasiya tarmoqlariga ulandi.
Sayyohlik
Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi Chashma ziyoratgohi yonidagi muzey binosi, “Hunarmandchilik markazi” majmuasi, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona loyihalari bilan ham tanishdi.
Prezident ushbu loyihalarni vaqtida sifatli amalga oshirish, Chashma ziyoratgohi maydonini kengaytirish va obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Shundan prezident Navoiy issiqlik elektr stansiyasi va viloyatning boshqa yirik korxonalarida bo‘ldi va rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Tashrif so‘ngida prezident Navoiy tashkil qilingan Xalq qabulxonasi bilan tanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi