Xabaringiz bor, joriy yilning martidan boshlab Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari va radarlar qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlagan edi. Birinchi sutkaning o‘zida 8 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilib, avtomobil egalarining uy manzili yoki avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarga jarimalar haqida ma’lumotnomalar jo‘natishga start berildi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga tayanib Qalampir.uz yozishicha, 15 martdan 29 martga qadar Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan 883 ta kuzatuv kamerasi orqali jami 45 minggacha qoidabuzarlik aniqlangan.
Bulardan 26 mingga yaqini svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 19 mingdan ziyodi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish kabi qoidabuzarliklardir.
23 martdan 29 martgacha, hafta davomida 8 mingdan ziyod, ya’ni 4 mingdan ortiq svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish va 4 mingdan ortiq tezlikni belgilangan me’yordan oshirganlik qoidabuzarliklari qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi